Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maradonaning advokati kutilmaganda qotillikda gumon qilinayotgan shaxsni himoya qilib chiqdi

Maradonaning advokati kutilmaganda qotillikda gumon qilinayotgan shaxsni himoya qilib chiqdi

Foto: «Vbetnews.com»

Diyego Maradonaning advokati Matias Morlaning so‘zlariga ko‘ra, doktor Leopoldo Luke futbolchining sog‘lig‘i uchun juda ko‘p ish qilgan. Bu haqda uning o‘zi «Twitter»dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Men prokuratura faoliyatini tushunaman, lekin, doktor Luke, Diyegoning sog‘lig‘i uchun nima qilganingizni, unga qanday g‘amho‘rlik qilganingizni va u sizni qanday yaxshi ko‘rganini faqat men bilaman. Diyego sizni yaxshi ko‘rardi va men uning do‘sti sifatida sizni yolg‘iz qoldirib qo‘ymayman. Adolat hamisha g‘alaba qozonadi», — deb yozgan Morla.

Avvalroq Argentina prokuraturasi sobiq futbolchi va futbol bo‘yicha milliy terma jamoa murabbiyi Diyego Maradonaning o‘limida shaxsiy shifokori Leopoldo Luke ustidan ayblov e’lon qilingani haqida xabar bergandik. Shuningdek, hamshira Dayana Gisela Madridga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda. O‘z navbatida Leopoldo Luke sportchining o‘limida o‘zini aybdor hisoblamasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik taniqli futbolchi Diyego Maradona 25-noyabr kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. O‘limiga surunkali yurak yetishmovchiligi tufayli kelib chiqqan o‘tkir o‘pka shishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring