Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manhetten maydonini arilar bosdi

Manhetten maydonini arilar bosdi

Foto: «Haber7.com»

Manhettenning Tayms maydonidagi 43-ko‘cha va Brodvey chorrahasidagi sendvich tayyorlanadigan joyni arilar ishg‘ol qildi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Minglab bolarilarning sendvich soyaboniga qo‘nishi oqibatida soyabon qulab tushgan.

Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelib, chorrahadagi mashinalar harakatini vaqtincha to‘xtatib turgan. Nyu-York shahar politsiyasi arilarni vakuum orqali maxsus qutilarga tortib olib, boshqa joyga olib ketishdi.

«Odatda bunday hodisalar bahor oylarida kuzatiladi. Lekin havo issiqligi tufayli qirolicha asalari inini tark etgani uchun boshqa arilar ham uning ortidan ergashib chiqqan bo‘lishi mumkin», – deydi arishunos mutaxassis Andryu Kot. «Balki arilarning sendvich yegisi kelib qolgandir», – deya hazil qilgan yana u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring