Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mango brendi asoschisi tog‘da halok bo‘ldi

Mango brendi asoschisi tog‘da halok bo‘ldi

Ispaniyaning Mango kiyim-kechak va aksessuarlar brendi asoschisi Isak Andik 72 yoshida halok bo‘ldi.

Ispaniya matbuoti yozishicha, oilasi bilan Montserrat tog‘lariga sayyohatga chiqqan tadbirkor 100 metrdan ziyodroq balandlikdan yiqilib halok bo‘lgan.

Isak Andik Mango brendiga 1984-yilda ukasi Nahman bilan birga asos solgan. Kompaniya 110 mamlakatda 2 100 dan ziyod do‘konlariga ega. Kompaniya 2023 yilni 3,1 mlrd yevro daromad bilan yakunlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring