Malining ag‘darilgan prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta vafot etdi
Mamlakatdagi isyon oqibatida hukumat boshqaruvidan ketkazilgan Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta poytaxt Bamakoda vafot etdi.
AFP xabar berishicha, bu haqda sobiq prezidentning oilasi ma’lum qildi.
Keyta 29-yanvar kuni 77 yoshga to‘lgan bo‘lardi. U 2013–2020-yillarda Mali prezidenti bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter