Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malida BMT karvoniga qurolli hujum uyushtirildi

Malida BMT karvoniga qurolli hujum uyushtirildi

Foto: «Flickr/United Nations Photo»

Shanba kuni Malining shimoli-sharqida qurolli hujum natijasida BMT tinchlikparvar missiyasining (MINUSMA)  ikki a’zosi halok bo‘ldi, deyiladi missiya bayonotida.

«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, Gao shahrining shimoli-sharqida joylashgan Tarkint qishlog‘i hududida ta’minot karvoniga hujum uyushtirilgan.

BMT bosh kotibining Malidagi maxsus vakili hamda MINUSMA rahbari Muhammad Solih Annadif ushbu hujumni qoralagan.

MINUSMA missiyasi 2013-yil aprelda Malida xavfsizlik doirasida maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun ta’sis etilgan. 2018-yil oktyabrga kelib missiya a’zolar soni 15 ming kishidan oshib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring