Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziya hukumati vaksinaning nojo‘ya ta’siri uchun jarima to‘laydi

Malayziya hukumati vaksinaning nojo‘ya ta’siri uchun jarima to‘laydi

Malayziya hukumati koronavirusga qarshi emlashdan so‘ng nojo‘ya asoratlari aniqlangan fuqarolarning har biriga 50 ming ringgit (12,1 ming dollardan ortiq) tovon to‘lashni va’da qildi. Bu haqda Islamtoday xabar qildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Babaning aytishicha, ushbu maqsad uchun maxsus 2,4 million dollar mablag‘ sarmoyaga ega fond yaratilgan.

Uzoq muddatli kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan jiddiy darajadagi nojo‘ya ta’sir uchun 50,000 ringgit to‘lanadi. Nogironlik yoki o‘lim holatida bu miqdor 10 baravar ko‘payadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari ta’kidlaganidek, tovon puli Malayziyada doimiy yashovchi fuqarolarga ham, chet el fuqarolariga ham tegishli bo‘ladi.

Mamlakatda emlash boshlanganidan 23 fevraldan 18 martgacha, Babaning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning 20 ta nojo‘ya ta’sir holati qayd etilgan, jumladan qattiq qichishish, nafas olish qiyinlishuvi va tez yurak urishi.

Endi Malayziyada emlash uchun Pfizer – BioNTech va Sinovac Biotech preparatlari ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring