Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maksim Galkinning Qozog‘istondagi konsertlari bekor qilindi

Maksim Galkinning Qozog‘istondagi konsertlari bekor qilindi

Qozog‘istonda rossiyalik san’atkor Maksim Galkinning konsertlari bekor qilindi. Bu haqda Life nashri xabar bermoqda.

Konsertning bekor qilinishiga texnik sabablar ro‘kach qilingan. Galkinning konserti 8-oktyabr kuni Ostonadagi Qozog‘iston markaziy konsert zalida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq manbaga ko‘ra, 4-oktabrdan 10-oktabrgacha binoda suv ta’minoti tarmoqlarida texnik ishlar olib boriladi.

Galkinning navbatdagi chiqishi 9-oktyabr kuni Olmaotadagi Respublika saroyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Nashr ta’kidlaganidek, 1-oktyabr kuni konsert zalining ma’muriyati avariya holati tufayli yopilishini ma’lum qilgan. Rahbariyatga ko‘ra, ta’mirlash ishlari taxminan ikki hafta davom etadi.

28-avgust kuni Galkinning Tallinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti bekor qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring