Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maksim Galkinning Ukraina urushiga qarshi fikrlari izsiz ketmadi...

Maksim Galkinning Ukraina urushiga qarshi fikrlari izsiz ketmadi...

Foto: TASS

Rossiya adliya vazirligi taniqli so‘z ustasi va shoumen Maksim Galkinni jismoniy shaxs sifatida xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritdi.  

Vazirlik Galkin Ukrainadan mablag‘ olgan holda siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda deb hisoblaydi.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy agent deb topilgan OAV va jismoniy shaxslar har bir ommaviy chiqishida mazkur maqomini ko‘rsatishi, adliya idorasiga daromadu xarajatlari yuzasidan muntazam hisobot berishi lozim. Bu boradagi talablarni buzgan xorijiy agentlar ro‘yxatidagi jismoniy shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

M.Galkin Rossiya Ukrainaga bosqin boshlaganidan beri Isroilda yashab kelmoqda. So‘z ustasi ko‘pdan buyon urushni ochiqdan-ochiq qoralab bayonotlar bermoqda. Jumladan, u Ukrainaning Odessa shahridagi tinch aholi uylari nasroniylarning Pasxa bayrami arafasida vayron etilganini taassuflanarli holat deb baholagan edi. So‘z ustasi so‘nggi fojialarda Rossiya aybdor ekanini ta’kidlagan.

Sentyab oyi boshida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov M.Galkin o‘ta yomon bayonotlar bergani, u tanlagan yo‘l rasmiy Moskva bilan ayro ekanini aytgan edi.

Keskin siyosiy fikrlari ortidan M.Galkin millionlab daromaddan mahrum bo‘lgan – Rossiyada o‘tishi rejalashtirilgan konsertlari taqiqlangan, reklama shartnomalari bekor qilingan. San’atkor xorijdagi konsertlaridan tushgan mablag‘ning ma’lum qismini Ukraina qochqinlariga ko‘mak uchun ajratishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring