Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Makarena»ga o‘ynagan politsiyachilarni ma’muriy jazo kutmoqda

«Makarena»ga o‘ynagan politsiyachilarni ma’muriy jazo kutmoqda

Foto: «RIA»

Parij chetidagi politsiya idorasida 30 ga yaqin politsiyachi komendantlik soati va sanitariya qoidalarini buzgan holda bazmda ishtirok etgan. Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari ma’muriy jazoga tortilishi mumkin, deb xabar bermoqda Fransiya ommaviy axborot vositalari.

Bazm 22-yanvar kuni Obervil komissarligida tashkil etilgan. Oradan bir hafta o‘tgach «Loopsider» portali video joyladi: unda niqobsiz odamlar «Makarena»ga raqs tushayotgani hamda ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilmayotganini ko‘rish mumkin.

«Furshet Obervil politsiya idorasida komendantlik soati vaqtida va ijtimoiy masofani saqlash choralarini ko‘rmagan holda tashkil etilgan. Tergov davom etmoqda, bazm ishtirokchilariga ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi», — deyiladi politsiya prefekturasining «Twitter»dagi xabarida.

Og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli Fransiyada 15-dekabrdan komendantlik soati joriy etilgan. 16-yanvardan virusning yangi shtammlari, xususan, «Britaniya» shtammi paydo bo‘lgani bois cheklovlar kengaytirildi. Komendantlik soati mamlakat bo‘ylab avvalgidek 20:00 emas, 18:00 dan kuchga kiradi. Mamlakatda muzeylar, teatrlar, kinoteatrlar, restoranlar va barlar yopiqligicha qolmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,1 million kishidan oshib ketdi, 74 mingdan ortiq bemor vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring