Mahmud Abbos yana shifoxonaga tushib qoldi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida yana shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, prezident Ramalloh shahridagi shifoxonaga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida joylashtirilgan.
Sog‘lig‘i yaxshi emasligi tufayli Mahmud Abbos futbol bo‘yicha jahon chempionati finalini tomosha qilish uchun shu yil 15 iyul kuni Rossiyaga kela olmaydi.
Avvalroq Abbos shifoxonadan chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.
83 yoshli prezident qulog‘idan operatsiya bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter