Lukashenko Putinni tabrikladi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya kuni munosabati bilan Vladimir Putinga tabrik yo‘lladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Lukashenko, shuningdek, o‘zi va xalqi nomidan rossiyaliklarni ham qutlagan.
«Rossiyaliklar o‘zining uzoq o‘tmishi, boy ma’naviy hamda madaniy merosi bilan har qancha faxrlansa arziydi. Bizga birodar mamlakat boshidan juda ko‘p sinovlarni o‘tkazdi. Bugun Rossiya barcha sohalarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylandi», – deyiladi tabrikda.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra Rossiyaning yangi hukumati aholini har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Avvalroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ham Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter