Lukashenko Protasevichni afv etdi
Belarusda terrorchi tashkilot sifatida tan olingan NEXTA telegram kanalining sobiq rahbari Roman Protasevich afv etilgani e’lon qilindi. Bu haqda BELTA xabar berdi.
«Men afv etilganim haqidagi barcha tegishli hujjatlarga imzo chekdim. Bu, albatta, ajoyib yangilik», - dedi Protasevich.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda 2020-yil 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida mamlakatni chorak asrdan beri idora etib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alabasi e’lon qilingach, mamlakat bo‘ylab norozilik chiqishlari boshlanib ketdi.
Lukashenkoning g‘alabasini soxta deb bilgan ko‘p sonli aholi hamda muxolifat uning iste’fosini talab qildi. G‘arb mamlakatlari, xususan, Yevropa ittifoqi 9-avgust saylovi natijalarini tan olmadi. Bir necha oyga cho‘zilgan va pirovardida ko‘plab muxolifat faollarining hibsga olinishi yoki xorijga ketishi bilan yakunlangan norozilik namoyishlari vaqtida Roman Protasevich asos solgan «NEXTA» Telegram kanali dunyo matbuoti uchun asosiy axborot manbalaridan biriga aylangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter