Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Luka – terrorchi». Gaagada Belarus elchixonasiga hujum uyushtirildi

«Luka – terrorchi». Gaagada Belarus elchixonasiga hujum uyushtirildi

Gaagada 2 iyulga o‘tar kechasi Belarus elchixonasiga hujum uyushtirildi. Bu haqda mahalliy Omroep West telekanali xabar bermoqda.

Bino oynalari sindirilgan, fasadda «Luka – terrorchi» va «Yashasin Belarus» degan yozuvlar paydo bo‘lgan.

Politsiya vandalizmda gumon qilingan 31 yoshli shaxsni qo‘lga oldi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 2 iyul kuni tushgacha ayrim yozuvlar o‘chirilgan, derazalar vaqtincha karton bilan qoplangan.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi vandalizm harakatini tasdiqlab, binoda oynalar singanini va fasadi iflos bo‘lganini ta’kidladi.

Gollandiya parlamenti a’zosi Serd Serdsma voqeani shunday izohladi: «Belarus, Rossiya yoki boshqa davlatlarning rejimlariga qanchalik adolatli g‘azablansangiz ham, ularning elchixonalari yoki qarorgohlariga hujum qilmang. Siz bu bilan hech kimga yordam bermayapsiz, aksincha ushbu mamlakatlardagi diplomatlarimizga xavfni oshiryapsiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring