Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lutskdagi avtobus o‘rab olingan hududda portlash sodir bo‘ldi

Lutskdagi avtobus o‘rab olingan hududda portlash sodir bo‘ldi

Foto: «Hromadske»

Ukrainaning Lutsk shahrida avtobusdagi odamlar garovga olingani haqida xabar bergandik.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, avtobus qurshab olingan hududda portlash yuz bergan. UNN sayti ma’lum qilishicha, portlovchi qurilmani avtobusdagilarni garovga olgan odam tashqariga uloqtirgan, portlashdan hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21-iyul tongida o‘qotar qurol va portlatgichlar bilan qurollangan (o‘zini Maksim Ploxoy deb tanishtirgan) aslida Krivosh Maksim Stepanovich ismli shaxs yo‘lovchi avtobusini qo‘lga olgan. U avtobus minalashtirilgani hamda shaharning boshqa joyida ham portlash sodir etilishi bilan tahdid qilgan.

Oradan bir necha soat o‘tib Lutskda, mamlakat ichki ishlar vaziri Arsen Avakov shu masalada kengash o‘tkazayotgan Ukraina milliy politsiyasi binosi o‘qqa tutilgan.

Avtobusda taxminan 20 kishi bor. Ularning orasida bolalar va homilador ayollar ham borligini jinoyatchining o‘zi ma’lum qilgan. Maksim Ploxoy «Twitter»dagi sahifasi orqali Ukrainaning birinchi shaxslari o‘zlarini «qonundagi terrorchilar» deb tan olishlarini videoga yozib olib hammaga ma’lum qilishlarini talab qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring