Lotereyada $10 mln yutgan amerikalik bir umrga qamaldi
AQShning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi Maykl Hill 2017-yilda lotereyada $10 mln yutgandi.
27-may kuni u bir umrga ozodlikdan mahrum etildi — o‘z tanishi Keonna Grem ismli qizni o‘ldirgani isbotlandi. Bu haqda 30 may kuni «The News & Observer» gazetasi xabar berdi.
23 yoshli Grem 2020-yilning 20-iyunida bedarak yo‘qolgan. Keyinchalik uning jasadi o‘qotar quroldan jarohat izi bilan mehmonxonada topilgan. Shimoliy Karolina 15-prokurorlik okrugi press-relizida ta’kidlanishicha, mehmonxonadagi videokuzatuv kameralari 54 yoshli Hill Gremning xonasiga kirgan yagona odam ekanini tasdiqlagan.
Ayblanuvchining o‘zi ham qilmishiga iqror bo‘ldi: tanish qizi mehmonxonada boshqa erkak bilan yozishayotganini ko‘rganidan so‘ng uni otib o‘ldirgan.
2017-yilning avgustida, lotereyadagi g‘alabadan so‘ng, Maykl Hill 10 mln dollar hayotini o‘zgartirib yuborganini aytgandi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter