Londonda noma’lum shaxs avtomobilini masjid yaqinidagi odamlar ustiga haydadi
London shahri g‘arbida musulmonlar markazi yaqinida bir kimsa avtomobilini odamlar ustiga haydadi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» nashri.
Voqea bugun, 19 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:30 da Oksgeyt-Leyn tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan. Ular shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Avtomobil haydovchisi voqea joyidan yashiringan. Politsiya xodimlari uni qidirishyapti. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqeaning terrorizmga aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter