Londonda Nazarboyev oilasiga tegishli 100 million dollarlik ko‘chmas mulk musodara qilinishi mumkin
Buyuk Britaniya poytaxtida, OAV xabariga ko‘ra, Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev qarindoshlariga tegishli bo‘lgan ikkita dang‘illama hovli va kvartira xatlandi. Ko‘chmas mulk qariyb 100 million dollarga baholanmoqda, deb yozadi «Rambler».
Ta’kidlanishicha, aslida ko‘chmas mulk o‘tgan yil bahorda xatlangan, faqat xo‘jayinlarining kimligi jurnalistlarga ma’lum qilinmagan. Yaqinda London sudi vakillari ikkita dang‘illama hovli va kvartira Qozog‘iston birinchi prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyeva va o‘g‘li Nurali Aliyevning oilasiga tegishli ekanligini ma’lum qildi.
Maqola muallifining yozishicha, sobiq davlat rahbarining qarindoshlari ko‘chmas mulkni xarid qilish uchun taxminan 100 million dollar safrlashgan. Ingliz tergovchilarining xulosasiga ko‘ra, kvartira va uy Darig‘a Nazarboyevning marhum turmush o‘rtog‘i Rohat Aliyevning shubhali pullariga sotib olingan.
Ushbu xatlov hukumatning Angliyada ko‘chmas mulk sotib olish orqali pul yuvishga qarshi kurash kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan, deya ta’kidlaydi muallif. Ayni vaqtda mol-mulkni qaytarish uchun Nazarboyevning qarindoshlari ularni sotib olishga ketgan mablag‘ning qonuniy yo‘l bilan topilganini isbotlashiga to‘g‘ri keladi. Aks holda dang‘illama hovli va kvartira kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter