Londonda «Euro Tunnel» rahbarini metro yo‘liga itarib yuborishdi
«Euro Tunnel»ning sobiq rahbari, 91 yoshli Robert Malpasni London metropoliteni yo‘liga itarib yuborishdi. Oqibatda u boshidan jarohat olgan va tos suyagi singan. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Videoda Malpasning metro platformasida ketayotgani va to‘satdan metro yo‘liga zarb bilan itarib yuborilgani aks etgan. Kamera jinoyatchini ham suratga olgan: u yuzlari niqoblangan qora libosli kishi edi.
Jabrlanuvchini voqea guvohlaridan biri qutqargan.
Politsiya tezda aybdorni ham qo‘lga oldi. U 46 yoshli Pol Krossli bo‘lib chiqdi. Politsiya xabariga ko‘ra, u bu kabi xunrezlikni birinchi marotaba qilayotgani yo‘q. Aprel oyida u boshqa yo‘lovchini ham metro yo‘liga itarib yuborgan.
Pol Krossliga nisbatan ikki bor qotillikka urinish aybi bilan jinoiy ish ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter