Lesoto sobiq bosh vazirining rafiqasi uning sobiq xotinini o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olindi
Politsiya Lesoto sobiq bosh vaziri Tomas Tabanening rafiqasini hibsga oldi. U Tomasning sobiq xotinini o‘ldirganlikda ayblanyapti, deya xabar berdi «Reyter» agentligi huquq-tartibot organlariga tayanib.
Bosh vazirning sobiq xotini — Lipolelo Tabane 2017-yil 17-iyunda ajrashish jarayonlari avjiga chiqqanda Maseru shahrida o‘z uyi yaqinida otib o‘ldirilgandi. Yanvarda politsiya bosh vazirning rafiqasi — Mesayya Tabanedan so‘roq qilinishi uchun mahkamaga kelishini talab qilgan, biroq u g‘oyib bo‘lgandi. Ko‘p o‘tmay uning o‘zi politsiyaga kelgan. Uni bosh vazirning sobiq xotinini o‘ldirganlikda ayblab, garov evaziga qo‘yib yuborishgan.
May oyining oxirida Lesoto apellyasiya sudi qirollik sobiq vazirining rafiqasi uchun garov to‘g‘risidagi qarorni bekor qilib, uni yana hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, u chorshanba kuni hibsga olindi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
2020-yil fevralda 80 yoshli Tabane iyulning oxiriga qadar bosh vazirlikdan iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. Politsiya uni ham sobiq xotinini o‘ldirishda ishtirok etganlikda gumon qilmoqda. May oyida qirollik bosh vaziri iste’foga chiqqanligini rasman e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter