«Lenin bilan selfi» o‘quvchiga qimmatga tushdi
Rossiyaning Udmurtiya Respublikasi, Votkinsk shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi selfi uchun Lenin haykali ustiga chiqdi, bu esa poydevorning qulashiga olib keldi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
«Bola haykal ustiga chiqqanida, monumentning tepa qismi bola bilan birga qulab tushgan», — deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, bola hozirda shifoxonada. Maktab direktorining aytishicha, bola ota-onasidan u bilan gaplashishni so‘ragan.
Yuqori qismi qulagan Lenin haykali tez orada demontaj qilinishi xabar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter