Lavrov Putinning Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini tasdiqladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov prezident Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini tasdiqladi.
«Rossiyaning, shu jumladan prezidentning Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyorligi o‘zgarishsiz qolmoqda. Biz g‘arblik hamkorlarimizning o‘zaro keskinlikni pasaytirish bo‘yicha takliflarini tinglashga doim tayyormiz», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov.
Avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralar uchun yangi platformani taklif qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev Putin bilan muzokaralardan rasman bosh tortgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter