Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR nega yangi ballistik raketalarni ishga soldi?

KXDR nega yangi ballistik raketalarni ishga soldi?

KXDRning Yaponiya dengizidagi ballistik raketalar sinovi AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javoban amalga oshirilgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibi Li Bin Cholga asoslanib xabar berdi.

«Bu safar yangi turdagi taktik boshqariladigan raketaning sinovdan o‘tkazilishi suveren davlatning o‘zini himoya qilish huquqiga asoslangan harakatdir»,- deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreyaning doimiy xavfli harbiy mashg‘ulotlari paytida Pxenyan davlat xavfsizligini ishonchli himoya qilish uchun harbiy kuchlarni to‘plashi kerak.

Markaziy qo‘mita kotibi, shuningdek, AQSh prezidenti Jo Baydenning Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosati «jangovar» ekanligini va yangi ma’muriyat KXDR bilan hamkorlikni noto‘g‘ri boshlaganini ta’kidlagan. Pxenyan raketalarni uchirish orqali o‘z harbiy qudratini oshirishda davom etishi haqida ogohlantirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring