Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR Janubiy Koreya hududida varaqa tarqatmoqchi

KXDR Janubiy Koreya hududida varaqa tarqatmoqchi

Foto: RIA Novosti

KXDR poytaxtida 12 millionta varaqa tayyorlandi. Ushbu varaqalar Janubiy Koreya hududida tarqatish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek boshqa shaharlardagi bosmaxonalarda ham tashviqot varaqalari tayyorlanmoqda. Ular uch mingta havo sharlari orqali chegaradan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Chegaraoldi hududlari ochilishi hamono shimoliy koreyalik talabalar varaqalarni jo‘natishni boshlashadi.

Biroz vaqt muqaddam KXDR o‘z qo‘shinlarini Janubiy Koreya bilan o‘rtadagi betaraf hududga kirita boshlagandi. 16 iyun kuni shimolliklar janub bilan muloqot qilishga mo‘ljallangan aloqa tizimini portlatib yuborishgan edi.

Ayni vaqtda har ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar ancha tarang holatda turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring