KXDR 2020-yildan buyon birinchi marta xorijlik sayyohlarga chegaralarini ochadi
KXDR hukumati 2024-yil dekabridan xorijlik sayyohlarni tashkillashtirilgan holda mamlakat hududiga kiritishni tiklamoqchi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Eslatib o‘tamiz, COVID-19 pandemiyasi boshlangan 2020-yildan buyon Shimoliy Koreyaga bironta ham chet ellik sayyoh kiritilmagan.
Sayyohlik kompaniyalari Shimoliy Koreyadagi sotsialistik utopiya — Samjiyon shahriga turistlarni olib borishlari mumkin. Mamlakatning boshqa hududlariga ham turlar bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas