Kutilmagan infeksiya tufayli qizcha oyoq va qo‘llaridan ayrildi
AQShda streptokokk infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan qiz ikkala oyog‘i va o‘ng qo‘lidan ayrilgan.
Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, yetti yoshli Viktoriya Pasten-Moralesning kasalligi kutilmaganda bo‘ldi va juda tez rivojlangan. 29 fevral kuni uning isitmasi ko‘tarilib, og‘riqdan shikoyat qila boshlagan. Keyin qiz qayt qilishni boshlaydi, lablari va qo‘llari ko‘kara boshlaydi.
«U qanday qilib kasallikni yuqtirganini bilmaymiz, ammo hammasi 12 soatdan kamroq vaqt ichida sodir bo‘ldi», dedi onasi.
Kasalxonada Viktoriyaga «A» guruhidagi streptokokk tashxisi qo‘yildi. Keyingi ikki hafta ichida u sakkiz marta jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Qizning hayotini saqlab qolish uchun uning ikkala oyog‘i va o‘ng qo‘lini kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Hali yana qo‘shimcha operatsiyalar talab qilinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter