Kurskda 100 nafardan ortiq rus harbiylari asirga olindi
Rossiyaning Kursk viloyatida 102 nafar rus harbiy xizmatchisi Ukraina Xavfsizlik xizmati maxsus kuchlari tomonidan asirga olindi.
Manbaning ta’kidlashicha, bu bir vaqtning o‘zida asirga olingan eng ko‘p sonli rus harbiylaridir.
Qayd etilishicha, asirlar tarkibi Rossiya QKning motoo‘qchilar polki va «Axmat» bo‘linmasi harbiylaridan iborat.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Ukraina QK bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Vladimir Zelenskiyga bergan hisobotida rossiyalik 100 dan ortiq harbiy xizmatchi Kursk viloyatida asirga olinganini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter