Kurash bo‘yicha Eron chempioni qatl etildi
Eronda kurash bo‘yicha chempion Navid Afkari Sanjari o‘limga hukm etilgani xabar qilingan edi.
Eron Islom respublikasi 2018-yilda hukumatga qarshi aksiyalarda faol ishtirok etgani uchun sportchining ustidan shunday hukm chiqargandi.
Hukm bugun, 12-sentyabr kuni ijro etilgan. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Afkarining ikki ukasi Vohid va Habibga ham sud hukmi o‘qilgan. Ukalari 74 marta qamchi bilan savalanib, biri 54 yilga, ikkinchisi esa 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter