«Kunchiqardagi jazirama»: bir haftada 23 kishi hayotdan ko‘z yumdi

O‘tgan hafta Yaponiyada issiq urishi oqibatida 13 ming kishi shifoxonaga tushdi, shulardan 23 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Yaponiya Bosh yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga tayangan holda «Kyodo» xabar berdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, eng ko‘p zararlanganlar soni poytaxt Tokioda qayd etilgan — shifoxonaga 1465 nafar odam yotqizilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Saitama (977 kishi) va Osaka (897 kishi) prefekturalari turibdi.
Kunchiqar mamlakatning ayrim hududlarida termometr +39°C darajadan yuqorini ko‘rsatgan (dengizbo‘yi mamlakatlarida havoning nisbiy namlik darajasi yuqoriligi nazarda tutilsa, bu inson salomatligi uchun xavfli harorat).
Iyul oxirida Yaponiyada qariyb 400 kishi jazirama ob-havo sabab issiq urishi alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.
2018-yil iyulda Tokioda mamlakat tarixidagi rekord darajadagi jazirama issiq kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter