Kseniya Sobchak Rossiyadan qochib ketdi
Avvalroq Moskvada Kseniya Sobchakka tegishli «Ostorojno Media» mediaxoldingining tijorat direktori, jurnalist Kirill Suxanov hibsga olingani haqida xabar bergandik.
Kseniya Sobchakning o‘zi esa seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiyani shoshilinch tark etib, Belarus va Litva orqali chet elga chiqib ketgan. Uning Moskva viloyatidagi uyida tintuv o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi «112» telegram-kanali.
Uning «Gorki-8» kottej posyolkasidagi uyida «Ostorojno Media» mediaxoldingining tijorat direktori, jurnalist Kirill Suxanov ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazilgan.
Manbalarga ko‘ra, tezkor xodimlar qo‘lida Sobchakni hibsga olish to‘g‘risida order bo‘lgan, biroq u qochishga ulgurgan.
Sobchak Suxanov tovlamachilikda ayblanib hibsga olinganini ma’lum qilib, sodir bo‘lgan voqeani «Safsata. Men va butun tahririyatim buni mamlakat jurnalistikasiga navbatdagi bosim deb hisoblaymiz», — deya izohlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter