Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Krokus»ga hujumda gumonlanganlar so‘roq qilindi

«Krokus»ga hujumda gumonlanganlar so‘roq qilindi

Rossiya davlat televideniyesi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum qilishda ayblanayotganlarning so‘roqlari aks etgan videoyozuvlardan parchalarni tarqatdi. Kadrlar telekanalga FSB tomonidan taqdim etilgan.

Videoda ayblanuvchilarning da’vo qilishicha, hujumdan so‘ng ularga pulni olish uchun Kiyev tomon borish aytilgan.

Gumondorlardan hujumdan keyin qanday rejalari borligi so‘ralganda: «Kiyev tomon», deb javob bergandi. «Sayfullo bizga Ukrainaga, Kiyevga borishni aytdi. U yerda esa bir million rubldan berishadi», dedi ayblanayotganlardan biri Saidakrami Rajabalizoda.

Bu Rossiya rasmiylari, jumladan, prezident Vladimir Putinning «Krokus»ga qilingan hujumda Ukrainani hech bir dalilsiz ayblash holatining birinchisi emas.

Ukraina unga qarshi har qanday ayblovlarni rad etadi.

144 kishining hayotiga zomin bo‘lgan «Krokus Siti Xoll»ga hujum 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni IShIDning bo‘linmasi o‘z zimmasiga olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring