Kreml hukumat qachon shakllantirilishini ma’lum qildi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi hukumat Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi(PXIF)gacha shakllantirilishini jurnalistlarga ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Albatta, hukumat konstitutsiya bo‘yicha shakllantirilishi kerak», — degan Peskov.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi shu yil 24 — 26-may kunlari o‘tkaziladi.
Hukumatning yig‘ilishi yangi tarkib bilan shu yilning 17-may kuni o‘tkazilishi kerak.
Prezident Vladimir Putinning inauguratsiya marosimidan keyin Rossiya hukumati iste’foga chiqqan edi. Ertasi kuni Davlat dumasi Dmitriy Medvedevni bosh vazir lavozimiga tayinladi.
Hukumat rahbari bosh vazir o‘rinbosarlari bo‘yicha takliflar berdi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Anton Siluanov tayinlanishi mumkin (u moliyaviy-iqtisodiy kompleksga rahbarlik qiladi).
Bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimiga Tatyana Golikova (maxsus blok), Aleksey Gordeyev (agrosanoat kompleksi), Dmitriy Kozak (sanoat va energetika), Vitaliy Mutko (qurilish), Yuriy Borisov (mudofaa-sanoat kompleksi), Olga Golodets (madaniyat va sport), Maksim Akimov (raqamli iqtisod, transport va aloqa) hamda Konstantin Chuykenko (hukumat devoni rahbari) tayinlanishi kutilayapti.
Shuningdek, fan va ta’lim vazirligi hamda sog‘liqni saqlash vazirligi ham shakllantiriladi.
Fan va ta’lim vaziri lavozimiga Olga Vasileva hamda Yelena Shmeleva nomzodlari ilgari surilayapti.
Sergey Lavrov (tashqi ishlar vaziri), Sergey Shoygu (mudofaa vaziri) va Denis Manturov (sanoat va savdo vaziri) o‘z lavozimlarida qoladi.
Yangi hukumat tarkibida Mixail Abizov, Aleksand Tkacheva va Maksim Sokolov bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter