Kreml AQShdagi yadro poligonidagi portlash yuzasidan izoh berdi
Rossiya AQShning Nevada shtatidagi yadro poligonidagi portlash bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Davlat dumasi Yadroviy sinovlarni to‘liq ta’qiqlash to‘g‘risidagi shartnomani deratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qilganidan bir necha soat o‘tgach, Qo‘shma Shtatlar yadroviy poligonda yer osti sinovlarini o‘tkazganiga Kreml shunday munosabatda bo‘ldi.
«Biz diqqat bilan kuzatyapmiz», — dedi Peskov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter