Korrupsiyada ayblanayotgan Afrikaning eng boy ayoli Rossiya fuqaroligini oldi
Angola sobiq prezidenti Joze Eduardu dush Santushning qizi — Izabel dush Santush Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi.
Izabel dush Santush ($2,3 mlrd.) Afrika milliarderlari ro‘yxatida 8-o‘rinda turadi, ayollar orasida esa birinchi o‘rinda.
U korrupsiyaga oid jinoyatlarda ayblanayotgani haqida biz xabar bergandik. Rossiya fuqaroligini olishi Izabel dush Santushning Birlashgan Arab Amirliklaridan Angolaga ekstraditsiya qilinishining oldini oladi, deyiladi «MK.ru» xabarida.
Portugaliyaning «Expresso» nashri tarqatgan xabarda Izabel dush Santushning advokati Malta savdo reyestriga mijozi Rossiya pasportiga ega bo‘lgani haqida xabar yo‘llagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter