Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yangidan-yangi alomatlari chiqib kelmoqda

Koronavirusning yangidan-yangi alomatlari chiqib kelmoqda

Foto: «REUTERS»

Singapurlik bir guruh guruh shifokorlar yangi tipdagi koronavirus chaqirgan kasallikning yangi alomatlarini aniqlashgan. Tadqiqot natijalari «Lancet» jurnalida chop etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir qancha bemorlarga dastlab denge isitmasi tashxisi qo‘yilgan. Ular yuqori tana harorati va qichiydigan toshmadan shikoyat qilishgan. Lekin ularda koronavirusning mashhur alomatlari, ya’ni tumov, balg‘amli yo‘tal, tomoqdagi og‘riq kuzatilmagan.

Denge isitmasida muolaja yordam bermagan. Bemorlar nafas olishga qiynalishdan shikoyat qilgandan so‘ng ularni yana koronavirusga tekshirishdi. Tahlil natijalari virus borligini ko‘rsatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring