Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilishning yo‘li topildi

Koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilishning yo‘li topildi

Isroilning Ariel universiteti olimlari koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilish usulini topdi.

Ularning tadqiqotiga ko‘ra, millimetrli to‘lqinlar ikki soniyada yuzadagi koronavirus va poliovirusning 99,8 foizini o‘ldirishi mumkin, deb yozadi The Jerusalem Post nashri.

Mutaxassislar uzunligi bir millimetrdan o‘n millimetrgacha bo‘lgan radioto‘lqinlarning COVID-19ga ta’sirini o‘rganishdi. Tadqiqot natijasida ular radiatsiya patogenlarni ikki soniyada yo‘q qilishini aniqladilar. Millimetr to‘lqinlari saraton hujayralariga qarshi kurash usuli, shuningdek energiyani simsiz uzatish usuli deb ham ataladi.

Eslatib o‘tamiz, jahonda ayni damda koronavirusning yangi omikron shtammi tarqalmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring