Koronavirusga qarshi vaksina oktyabrda bozorga chiqishi mumkin — Germaniya

Germaniyada mahalliy «BioNTech» hamda uning amerikalik hamkori «Pfizer» kompaniyalari birgalikda ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlari o‘tkaziladi. Paul Erlix instituti ikkinchi va uchinchi bosqich sinovlariga ruxsat berdi.
Germaniyadagi sinovlar — iyul oyida boshlangan xalqaro tadqiqotlarning bir qismi sanaladi. Rejaga ko‘ra, yakuniy sinovga qariyb 30 ming ko‘ngilli jalb etilgan bo‘lib, ular vaksina yoki platsebo qabul qilishadi. Shu paytgacha dunyoning 120 ta tadqiqot markazida 25 ming nafar ko‘ngilli sinovlarda qatnashdi.
«Nazorat ostidagi yakuniy uchinchi bosqichning o‘tkazilishi vaksina xavfsizligini tasdiqlashda juda muhim ahamiyatga ega», — dedi «BioNTech» asoschilaridan biri Ugur Sahin.
Agarda sinovlar yaxshi natija bersa, har ikki kompaniya vaksinani bozorga chiqarish uchun oktyabr oyida ariza topshirishadi. Yil oxirigacha 100 mln. doza, 2021-yil oxirigacha 1,3 mlrd. dozadan ko‘proq vaksina chiqarish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter