Koronavirusga qarshi emlanganlarga Haj qilish uchun ruxsat beriladi
Saudiya Arabistoni Haj vazirligi Ramazon oyida COVID-19ga qarshi emlangan ziyoratchilar uchun muqaddas joylarni ziyorat qilishga ruxsat berishini aytdi. Bu haqda «al-Arabiya» telekanaliga asoslanib Interfaks xabar berdi.
Haj safari uchun ruxsat olishni istaganlar COVID-19ga qarshi vaksinaning 2ta dozasini olgan bo‘lishi kerak. Ruxsatnoma maxsus mobil dasturdagi «vaksina olgan» belgisi asosida beriladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu holat COVID-19 dan tuzalgandan keyin emlanganlarga ham tegishli.
Ma’lumot uchun bu yil Ramazon oyi 13 aprel kunidan boshlanishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter