Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan Poroshenko kasalxonaga yotqizildi

Koronavirusga chalingan Poroshenko kasalxonaga yotqizildi

Foto: RBK

Ukraina sobiq prezidenti, mamlakat Oliy radasi deputati Pyotr Poroshenko koronavirusga chalingani haqida xabar bergandik. Bu haqda Poroshenkoning o‘zi 29-sentyabr kuni ma’lum qilib, uyida davolanayotganini aytgandi.

Ammo siyosatchining rafiqasi Mariya Poroshenko bir soat oldin «Facebook»da qoldirgan videomurojaatga ko‘ra, Pyotr Poroshenkoga o‘pkaning ikki tomonlama shikastlanishi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan. Videomurojaatda COVID-19 bilan nafaqat sobiq prezident, balki uning qizi ham og‘rigani aytiladi.

«Pyotr Alekseyevich koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi Kiyev shifoxonalaridan biriga yotqizildi. Unda o‘pkaning ikki tomonlama shikastlanishi bo‘lsa-da, mustahkam irodasi bilan kasallikka qarshi kurashyapti. Davolash bo‘yicha barcha ko‘rsatmalarga rioya qilyapti», — deyiladi videomurojaatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring