Koronavirusdan vafot etganlar soni oshmoqda

Xitoyda COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 1113 kishiga yetdi.
Mamlakatda virusni yuqtirib olganlar soni 44 653 kishini tashkil etmoqda, ularning 4740 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari 8204 odam og‘ir ahvolda, kasallar bilan aloqada bo‘lgan yana 185 ming kishi nazorat ostida turibdi.
Xitoyda so‘nggi bir sutkaning o‘zida 2015 kishida koronavirus aniqlangan. Vafot etganlarning asosiy qismi epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yangi koronavirusga rasman – COVID-2019 deb nom berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter