Koronavirusdan tuzalgan milliarder million peso hadya qildi
«Forbes» ro‘yxatida turuvchi meksikalik milliarder Rikardo Salinas Pliyego o‘z banki («Azteca») mijozlariga million peso (47 ming dollar atrofida) hadya qilishga qaror qildi. Koronavirusdan tuzalganidan so‘ng milliarderning saxovati tutib ketgani haqida «RIA Novosti» yozmoqda.
«Bugun 1 million peso hadya qilish istagi bilan uyg‘ondim, pullar sizning «Banco Azteca» ilovangizga o‘tkazib beriladi. Pullarni taqsimlashda yordamingiz kerak: 1000 pesodan 1000 ta o‘tkazma, 5000 pesodan 200 ta o‘tkazma yoki 10 000 pesodan 100 ta o‘tkazma — qay biri ma’qul?», — deb yozdi Salinas «Twitter»da.
Ijtimoiy tarmoqdagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, «Salinas Group» asoschisi va rahbari (telekommunikatsiyalar, ko‘ngilochar biznes, transport, moliya va savdo xizmatlarida ulushlarga ega) 10 000 pesodan 100 ta o‘tkazmani qanday taqsimlashini dushanba kuni ma’lum qilishini aytdi.
Milliarderning aksiyasini tanqid qilganlar ham bo‘ldi, ular pullarni shunchaki sovurgandan ko‘ra, saratonga chalingan bolalarga yoki oziq-ovqat fondiga yordam berishga chaqirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter