Koronavirus: Xitoydan qaytgan Mo‘g‘uliston prezidenti karantinga olindi
Koronavirus sayyoramiz bo‘ylab yashin tezligida tarqamoqda. Bu balo-qazodan hatto yuqori lavozimli shaxslar ham chetda qolmayapti — Eronda ayollar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident Ma’suma Ebtekar koronavirusga chalindi, «Aa.com.tr» xabariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston prezidenti ham karantin ostida.
27-fevral kechasi Xitoydan qaytgan Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga va uning hamrohlari 14 kunlik karantinga olingan.
Prezident va tashqi ishlar vaziri Bayanzurx tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Qolganlar Jargalantdagi sanatoriyda nazorat ostida bo‘ladi.
Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda parlament a’zolaridan biri ham koronavirusni yuqtirgani tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter