Koronavirus ustidan g‘alabaga bir qadam — Islandiya
Islandiya koronavirusni deyarli yengish arafasida turibdi, deb yozmoqda «Korrespondent».
Mamlakatda COVID-19 bo‘yicha testi musbat chiqan 1799 kishidan 1750 nafari sog‘ayib ketdi. Biroq 10 nafar inson koronavirus qurboniga aylandi, deyiladi hukumat xabarida.
Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 97 foizi shifo topib ketdi. Ayni paytga kelib infeksiyani yuqtirib olganlar jami soni 39 nafar bo‘lib, ulardan uch nafari kasalxonada va ahvoli xavotirlanarli darajada emasligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter