Koronavirus pandemiyasining yana bir ijobiy tomoni ochiqlandi

Germaniyaning Karlsruye texnologiya instituti olimlari koronavirus pandemiyasi sharoitida Yer atmosferasidagi uglerod chiqindilari 8 foizga kamayganini aniqladilar.
Mazkur xulosa Remote Sensing nashrida keltirilgan.
Uglerod chiqindilari kamayishiga avtomobillar harakati qisqarishi va aviaqatnovlarning to‘xtatilishi sabab sifatida keltirilgan.
Shu bilan birga, olimlar atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasi hanuz bir xilligini ta’kidlashdi, chunki ular kamayishi uchun cheklovlar bir necha o‘n yillar davom etishi kerak.
Farazlarga ko‘ra, chiqindi gazlar har yili 8 foizdan kamaytirilsa, u holda nol darajaga 2055-yilga qadar erishsa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter