Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus mavsumiy kasallikmi? JSST javob berdi

Koronavirus mavsumiy kasallikmi? JSST javob berdi

Foto: «UN News»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni mavsumiy kasallik deb hisoblamaydi, bu haqda «Izvestiya» xabar berdi.

Ayrim mamlakatlarda kasallik o‘sishi cheklovlarning olib tashlanishi bilan bog‘liq, dedi 30-sentyabr kuni JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘yicha bo‘linmasi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerkxove.

«To‘lqinlar (virus) haqida gap ketganida biz Shimoliy va Janubiy yarimsharlarda qish oylarida kasallanishlar soni oshib ketadigan grippniki singari mavsumiylikni nazarda tutamiz. Ammo koronavirusda hozircha mavsumiylikni ko‘rayotganimiz yo‘q. Bu virus har qanday sharoit, iqlim va mintaqada uchramoqda», — dedi u tashkilotning «Twitter»da o‘tkazilgan onlayn-brifingida.

Van Kerkxove cheklovlar joriy etib infeksiya tarqalishini nazoratga olish mumkinligini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, ayrim mamlakatlarda virus tarqalishi kuchaya boshlashi aynan cheklovlarning bekor qilinishi bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring