Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus Fransiya orqali Britaniya va Ispaniyaga qanday borib qoldi?

Koronavirus Fransiya orqali Britaniya va Ispaniyaga qanday borib qoldi?

Foto: «REUTERS»

Ispaniya va Buyuk Britaniyada koronavirusni yuqtirgan ikki kishi Fransiyada koronavirusni yuqtirgan britaniyaliklar bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Anes Buzen mamlakatda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha beshta yangi holat haqida xabar bergandi: bir bola va to‘rt nafar katta yoshli odam kasallikni yuqtirishgan. Mutaxassislar kasallik qanday yuqqanligini aniqlashdi: birinchi bo‘lib Britaniya fuqarosi kasallikni yuqtirgan: u ma’lum vaqt Singapurda bo‘lgandan so‘ng  Fransiyaga kelgan va Le-Kontamin-Monjua (Yuqori Savoyya departamenti) kommunasidagi tog‘-chang‘i kurortidagi kottejga joylashgan. Shundan keyin to‘rt kishi kasallikni yuqtirgan. Ularning hammasi o‘sha kottejda yashayotgan britaniyaliklar bo‘lishgan. Jami 11 kishi, jumladan, koronavirusni yuqtirgan va shunchaki kasallikni yuqtirganlar bilan birga yashagan odamlar shifoxonaga joylandi.

«Hozir bizga o‘sha voqea bilan bog‘liq yana ikkita holat ma’lum bo‘ldi. Ikkita katta yoshli odam – biriga Birlashgan Qirollikda, ikkinchisiga Mayorkada tashxis qo‘yilgan — ular ham Le-Kontamin-Monjua apartamentlari bilan bog‘liq», — deydi Sog‘liqni saqlash bosh ma’muriyati rahbari Jerom Salomon. Sog‘liqni saqlash vazirligi shu bilan bog‘liq videoni «Twitter»ga joylagan.

Shuningdek, muassasa vakilining ta’kidlashicha, ehtiyot yuzasidan Le-Kontamin-Monjua, Sen-Sover va Tonon-Le-Ben kommunalarida joylashgan uchta maktabni yopishga qaror qilishgan. Shifokorlar Tonon-Le-Bendagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ahvolini nazorat qilishmoqda. Chunki ular koronavirusni yuqtirgan bola bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishgan.

Ayni vaqtda Fransiyada koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 11 ta holat qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 40,1 ming kishidan oshgan. Ushbu kasallik tufayli 908 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 3281 kishiga shifoxonadan uyiga ruxsat berilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring