Koronavirus bemorlari yetishmaganidan gospitallardan biri yopildi
Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahrida yangi tipdagi «Covid-19» koronavirusi bemorlari soni kamaygani bois ixtisoslashgan gospitallardan biri yopildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-martdan Szyaokou hududidagi shifoxonalardan biridan 34 nafar bemor sog‘ayib chiqqach, qolgan 74 nafari boshqa tibbiyot muassasalariga ko‘chirilgan.
Oxirgi bemorlar ko‘chirib o‘tkazilgach shifoxona dam olish tartibiga o‘tgan va bundan keyin bemorlarni qabul qilmaydi.
So‘nggi paytlarda epidemiologik vaziyat butun Xitoy va epidemiya o‘chog‘i hisoblanmish Xubey provinsiyasining o‘zida ancha yaxshilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter