Kongoda BMTning yetti nafar askari o‘ldirildi
Kongo Demokratik Respublikasining Beni shahrida BMT tinchlik kuchlariga qarashli yetti nafar askar isyonchilar bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik rasman bayonot berdi.
Bayonotga ko‘ra, BMT missiyasining Kongo Respublikasi harbiy kuchlari bilan birga KDR dagi «Demokratik kuchlar alyansi» isyonchi guruhiga qarshi harbiy amaliyoti payti yetti askar (olti nafari Malavi, biri Tanzaniyadan bo‘lgan) halok bo‘lgan, yana bir nafar harbiy bedarak yo‘qolgani, o‘n nafari jarohat olgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, «havorang kaskalar» 13-noyabrdan beri ushbu harbiy operatsiyada qatnashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter