Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kongo DR sudi davlat to‘ntarishiga uringan 37 kishini o‘limga hukm qildi

Kongo DR sudi davlat to‘ntarishiga uringan 37 kishini o‘limga hukm qildi

Foto: 78.ru

Kongo Demokratik Respublikasi sudi 37 kishini (2 nafari amerikalik) davlat to‘ntarishiga uringanlikda aybdor deb topib, o‘limga hukm qildi. Bu haqda ushbu mamlakatning Actualité nashri xabar berdi.

Maqolada yozilishicha, joriy yilning may oyida Kongo DRda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgan. Shu ish bo‘yicha tergovga jalb qilingan 13 kishi avvalroq oqlangan edi.

Xabarda aytilishicha, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan isyonchilar yetakchisi va Millat saroyiga bostirib kirishga bosh-qosh bo‘lgan Kristian Malanga hukumat armiyasi harbiylari tomonidan yo‘q qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring