Ko‘mir konidagi portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi—Kolumbiya
Kolumbiyadagi «La Chapa» ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Mir24 ma’lum qildi.
Ayni damda hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani ma’lum, ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Portlash 26 fevral kuni kechqurun Taxco shahridagi «La Chapa» ko‘mir konida sodir bo‘lgan. Mahalliy OAVning xabar berishicha, metan portlashi shaxta ichida taxminan mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da yuz bergan.
Dastlab 15 nafar ishchi bedarak yo‘qolganligi ma’lum qilingan. Shundan so‘ng qutqaruvchilar o‘n nafar konchining jasadini topgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Boyaka shahri gubernatori Ramiro Barragan politsiya va o‘t o‘chiruvchilar ishini har qanday yo‘l bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter