Kolumbiyada ko‘chki oqibatida 19 inson halok bo‘ldi
Kolumbiya janubi-g‘arbidagi Kauka viloyatida ko‘chki oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 19 nafar inson halok bo‘ldi, 5 kishi jarohat oldi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.
To‘xtovsiz yomg‘irlar oqibatida 21-aprel erta tongda Rossas munitsipalitetida ko‘chki kuzatildi. Kamida sakkizta uyga zarar yetgan, Panamerika shossesi bekilib qolgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Kolumbiya tog‘li hududlarida ko‘chkilar ko‘p kuzatiladi, ayniqsa, yomg‘irlar mavsumida va And tog‘larining o‘rmonlari kesilgan hududlarida qo‘l uchida qurilgan uylar va tor yo‘llar ko‘p talafotga uchraydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter